O'zbek dasturxoni uchun yaratilgan

Restoraningizni to'liq boshqaring — bitta dasturxonda.

Menyu, buyurtma, oshxona, kassa, xodim va hisobot — hammasi bitta tizimda. Mehmon QR kodni ochib o'zi buyurtma beradi, siz butun restoranni telefondan boshqarasiz. Apparat shart emas.

📱QR menyu 🧾Buyurtma 👨‍🍳Oshxona 💰Kassa 👥Xodim 📊Hisobot
99 000 so'm/oydan · 3 kun bepul · karta shart emas
99k
so'm/oy dan
5 daq
o'rnatish vaqti
0
apparat / o'rnatish
100%
o'zbek tilida
Egasi uchun

Restoraningizni kaftingizda tuting

Menyu — mijoz uchun. Nazorat — siz uchun.

📊
«Bugun qancha sotdim?»
Uydan turib, telefonda bir qarashda — bugungi savdo va eng ko'p sotilgan taom.
🔒
«Kassa to'g'ri kelyaptimi?»
Har buyurtma avtomat yozib boriladi. O'g'irlik va «unutildi» to'xtaydi.
👥
«Ofitsiantlar qanday ishlayapti?»
Kim nechta stol xizmat qildi, foizi qancha — hammasi avtomat hisoblanadi.
«Bularning hammasi qimmatmi?»
Yo'q — 99 000 so'm/oy. Apparatsiz, 5 daqiqada. E-cafe'ning yarmi.
Funksiyalar

Restoraningiz uchun kerak bo'lgan hamma narsa

Menyudan kassagacha — bitta oddiy tizim. Xohlaganingizni yoqasiz, kerak bo'lmaganini o'chirasiz.

📱

QR menyu

Mijoz QR kodni ochadi, rasmli menyuni ko'radi va o'zi buyurtma beradi. Ofitsiantni kutmaydi.

👨‍🍳

Oshpaz · Ofitsiant · Kassir

Har xodim uchun alohida panel. Kim nima qilishini aniq ko'radi — telefondan boshqaradi.

🖨

Oshxona cheki

Oshpaz «Tayyor» bosganda chek avtomatik chiqadi. Oddiy Bluetooth printer yetadi.

✈️

Telegram orqali boshqaruv

Menyu, narx, xodim — hammasini Telegram botdan boshqarasiz. Kompyuter shart emas.

📊

Kassa va hisobot

Kassir qaysi stol nima yegani va summani ko'radi. Kunlik savdo hisoboti tayyor.

Har xodim o'z ishini ko'radi

Buyurtma tushishi bilan oshpaz, ofitsiant va kassir bir vaqtda ko'radi. Chalkashlik yo'q — kim nima qilishini aniq biladi.

  • Kassir: qaysi stol, nima yegan, qancha summa
  • Oshpaz: yangi buyurtma → «Tayyor» → chek chiqadi
  • Ofitsiant: hamma stol va buyurtma bir ekranda
  • Kompyuter shart emas — oddiy telefon yetadi
dastur-xon.uz/pos — Oshpaz
🍳 Tayyorlanadigan buyurtmalar
🪑 3-stol · #128
Osh (palov) ×1, Choy ×2
🕐 4 daq oldin✅ Tayyor
🪑 5-stol · #129
Manti ×2
🕐 9 daq oldin✅ Tayyor
🪑 7-stol · #130
Shashlik ×3
🕐 hozir✅ Tayyor
🖨 Oshxona cheki
DEMO RESTORAN
3-STOL
Osh (palov) ×138 000
Choy ×216 000
JAMI54 000
— tayyorlashga —
🙋 Stollar · buyurtma holati
🪑 3-stol
Osh ×1, Choy ×2
✅ TAYYORBerildi
🪑 5-stol
Manti ×2
⏳ pishmoqdakutilmoqda
🪑 7-stol
Shashlik ×3
✅ TAYYORBerildi
🪑 9-stol
Lag'mon ×2
⏳ pishmoqdakutilmoqda
💰 To'lanmagan stollar
🪑 3-stol
Osh ×1, Choy ×2
54 000To'landi
🪑 5-stol
Manti ×2
56 000To'landi
🪑 7-stol
Shashlik ×3
120 000To'landi
🪑 9-stol
Lag'mon ×2
64 000To'landi
Jonli demo

Har bir rolni o'zingiz sinab ko'ring

Ro'yxatdan o'tish shart emas, parol ham kerak emas. Bosing — ochiladi. Bu haqiqiy tizim, faqat namuna ma'lumot bilan.

💡 Eng yaxshisi: Rahbar panelini oching — restoraningizni qanday boshqarishingizni to'liq ko'rasiz.
Nega Dastur-xon

Qimmat POS ham, oddiy menyu ham emas

Katta tizimlar qimmat va murakkab. Oddiy QR menyularda kassa yo'q. Dastur-xon — ikkalasi ham, arzon narxda.

Oddiy QR menyu
Faqat menyu
  • Arzon
  • Kassa yo'q
  • Oshpaz/ofitsiant paneli yo'q
  • Hisobot yo'q
Dastur-xon ⭐
Menyu + kassa, arzon
  • QR menyu va buyurtma
  • Kassa · oshpaz · ofitsiant
  • Oshxona cheki + hisobot
  • 99 000 so'm/oy, apparat shart emas
Katta POS tizim
Kuchli, lekin og'ir
  • Ko'p funksiya
  • Qimmat (oyiga $50+)
  • Maxsus apparat kerak
  • O'rnatish murakkab
Qanday ishlaydi

3 qadamda ishga tushadi

Dastur o'rnatish, kabel tortish yoki texnik shart emas. Bugun boshlaysiz.

1

Ro'yxatdan o'ting

Telegram botga kirasiz, restoran nomini yozasiz. Menyuni rasm bilan qo'shasiz.

2

QR kodni chiqaring

Har stol uchun QR kod tayyor. Chop etib stolga qo'yasiz yoki kirishga osasiz.

3

Buyurtma qabul qiling

Mijoz skanerlaydi, buyurtma beradi. Oshxona va kassa darrov ko'radi. Tamom!

Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Boshqa savol bo'lsa — Telegram yoki telefon orqali yozing.

Kompyuter yoki maxsus apparat kerakmi?+
Yo'q. Oddiy telefon yetadi. Oshpaz, ofitsiant va kassir har biri o'z telefonidan ishlaydi. Faqat oshxona cheki uchun arzon Bluetooth termal printer olsangiz bo'ldi.
Qancha vaqtda ishga tushadi?+
Odatda 5–10 daqiqa. Telegram botdan ro'yxatdan o'tasiz, menyuni qo'shasiz, QR kodni chop etasiz — tayyor. Yordam kerak bo'lsa biz ulab beramiz.
To'lovni qanday qabul qilaman?+
To'lovni odatdagidek o'zingiz olasiz — naqd yoki karta. Mijoz stol raqamini aytadi, kassir summani ko'radi va qabul qiladi. Dastur-xon buyurtma va hisobni yuritadi.
Printer qanaqa bo'lishi kerak?+
Oddiy 58mm Bluetooth termal printer (masalan Xprinter) yetadi. Android telefonga ulanadi. Xohlamasangiz — printersiz ham, ekrandan ko'rib ishlashingiz mumkin.
Internet kerakmi?+
Ha, oddiy internet (Wi-Fi yoki mobil) yetarli. Tizim bulutda ishlaydi, shuning uchun ma'lumot yo'qolmaydi va istalgan joydan ko'rasiz.
Istalgan vaqt bekor qila olamanmi?+
Ha. Hech qanday shartnoma yoki majburiyat yo'q. Oylik to'laysiz, xohlamasangiz to'xtatasiz. Ma'lumotlaringiz sizniki bo'lib qoladi.
Yo'l xaritasi

Tez orada qo'shiladi

Tizim to'xtab qolmaydi — har oy yangi imkoniyat qo'shamiz. Bugun ulansangiz, bularning hammasi qo'shimcha to'lovsiz ochiladi.

Tez orada
🛵
Yetkazib berish
Mijoz menyudan turib manzil qoldiradi, kuryer buyurtmani telefonidan oladi va yopadi.
Tez orada
📦
Ombor va qoldiq
Mahsulot qoldig'i avtomat kamayadi. «Go'sht tugadi» degan xabar o'zi keladi.
Tez orada
Mijoz bonus kartasi
Doimiy mehmonlarga ball va chegirma. Kim necha marta kelgani ko'rinadi.
Tez orada
🏢
Ko'p filial
Bir nechta filialni bitta paneldan boshqarish, filiallarni solishtirish.
Tariflar

Oddiy va halol narx

Yashirin to'lov yo'q. Xohlagancha stol, xohlagancha buyurtma.

Boshlang'ich

Oddiy

99 000 so'm/oy
Kichik kafe va choyxonalar uchun
  • Cheksiz QR menyu va stol
  • Mijoz o'zi buyurtma beradi
  • Oshpaz · ofitsiant · kassir panellari
  • Cheksiz xodim — alohida to'lov yo'q
  • Menyuda o'z logongiz
  • Barcha QR kartochka shablonlari
  • Oshxona cheki (printer)
  • Savdo statistikasi va hisobot
Ariza qoldirish
Ommabop ⭐

Biznes

399 000 so'm/oy
Rivojlangan restoran va tarmoqlar uchun
  • Oddiy tarifdagi hamma narsa
  • To'liq o'z brendingiz — «Dastur-xon» butunlay o'chadi
  • Ofitsiant foizi + GPS smena nazorati
  • Xodim keldi-ketdi (davomat) hisobi
  • QR dizayn studiyasi (rang, shakl, logo)
  • Shaxsiy domen va ustuvor yordam
Biznesni tanlash

Narxlar so'mda, oyiga. To'lov PayX orqali xavfsiz amalga oshiriladi.

Ulanish

Ariza qoldiring — biz sozlab beramiz

Restoraningizni biz o'zimiz ochib, sozlab beramiz va sizga login va parol beramiz. Keyin xodimlarni o'zingiz qo'shasiz.

Yoki to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qiling: 📞 +998 70 057 01 12

Bugun boshlashga tayyormisiz?

Avval demoni ko'ring — keyin ariza qoldiring. 3 kun bepul sinab ko'rasiz.

📞 +998 70 057 01 12
📩 Ariza qoldirish 📞